Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Фарғона вилоятида ОИВ инфекциясининг олдини олиш, аҳоли ўртасида тиббий саводхонликни ошириш ва соғлом турмуш тарзини тарғиб қилишга бағишланган анжуман бўлиб ўтди.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, blogerlar hamda ilmli ulamolar ishtirok etdi.

Eng muhim qadam — muntazam ravishda tibbiy ko'rik va laboratoriya tahlillaridan o'tishdir.
Anjuman davomida OIV infeksiyasining viloyatdagi epidemiologik holati, kasallikning yuqish yo'llari, profilaktika choralari, erta tashxisning ahamiyati va jamiyatda bu boradagi xabardorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda jurnalistlar, blogerlar va diniy soha vakillarining hamkorligi orqali aholiga to'g'ri va ishonchli ma'lumot etkazish, asossiz qarashlar hamda kasallik bilan yashayotgan insonlarga nisbatan kamsitish holatlarining oldini olish muhimligi ta'kidlandi.

Jamiyatdagi noto'g'ri tushunchalar, asossiz qo'rquv va befarqlikni bartaraf etish ham muhim o'rin tutadi. Jurnalist va blogerlar aholiga ishonchli ma'lumotlarni etkazish, mavzuni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqishda muhim kuch hisoblanadi. Diniy ulamolar esa inson qadri, salomatlikni asrash, oilaviy mas'uliyat va ma'naviy tarbiya masalalarida jamiyatga ta'sir ko'rsata oladi.

Ayniqsa, OIV bilan yashayotgan insonlarga nisbatan kamsitish va ajratish emas, balki insoniy munosabat, tushunish va qo'llab-quvvatlash muhitini shakllantirish zarur.

Zero, kasallikka qarshi kurashish uchun avvalo uning haqidagi haqiqiy ma'lumotga ega bo'lish kerak. Jamiyat qanchalik xabardor bo'lsa, xavfning oldini olish imkoniyati ham shunchalik ortadi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.