Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Qonun himoyachilaridan tabiatga tuhfa “Prokuraturaning 35 yilligiga 35 ming tup daraxt» aksiyasi qizg'in pallada.

Farg'ona viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko'lamli ko'kalamzorlashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda.

Farg'ona viloyat prokuraturasi xodimlari qizg'in mexnatda
Prokuratura organlari tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan «35 ming tup daraxt» aksiyasi esa ushbu xayrli tashabbusga alohida mazmun bag'ishlamoqda.

Farg'ona viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov Axmadjonovich daraxt ekish jarayonida
Bu jarayonda Farg'ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilovning tashabbusi va viloyat prokuraturasi jamoasining faol ishtiroki alohida e'tirofga loyiq. Aksiya doirasida yangi bog' tashkil etilib, hududda 2 ming tupdan ortiq manzarali daraxt va buta ko'chatlari ekilmoqda.

Shuningdek, Farg'ona shahar hokimligi tomonidan ham shahar hududlarini obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va aholi uchun sog'lom ekologik muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ushbu umummilliy tashabbusning muhim qismi hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining 23 sentyabrdagi Farmoni asosida viloyatning barcha 19 ta tuman va shahrida “yashil dasturlar” tasdiqlanib, 1 017 ta mahalla qamrab olindi.

Joriy kuz mavsumida viloyat bo'yicha 11 million 129 ming tup daraxt va buta ko'chatlari ekish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 7 million 339 ming tup ko'chat ekilgani elektron platformada tasdiqlangan. Bu umumiy rejaning 65,9 foizidir.

Albatta, ko'chat ekish ishning boshlanishi. Ularni asrab-avaylash, o'z vaqtida sug'orish va parvarishlash esa yanada muhim vazifa.
Baxtiyor Ismoilov boshchiligidagi viloyat prokuraturasi jamoasi hamda shahar hokimligi tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan bu kabi tashabbuslar o'zining uzoq muddatli samarasi bilan qadrlidir.

Zero, rahbarning tashabbusi amaliy natijaga aylangandagina uning haqiqiy qiymati namoyon bo'ladi. Bugun ekilgan har bir nihol ertangi avlod uchun soya-salqin, toza havo va obod Farg'ona bo'lib xizmat qilishi kerak!

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.