Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

Alifbo millatning tili, tarixi va ma'naviy merosini boğlab turuvçi muhim vosita. Şuning uçun unga doir har qanday özgariş puhta öylangan, ilmiy asoslangan va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladigan tarzda amalga oşirilişi lozim.

Özbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosiga kiritilayotgan özgarişlar jamiyatning barça sohalariga tatbiq etilişi kutilmoqda. Bu şunchaki harflarni almaştiriş emas, balki davlat boşqaruvi, ta'lim, iqtisodiyot va axborot makonida yangi bosqiçni boşlaydigan jarayondir.
Taqdim etilgan qaror loyihasiga ko'ra, O‘ örniga Ö, G‘ örniga Ğ, Sh örniga Ş, Ch örniga Ç harflari joriy etiladi. Yangi alifboda 28 ta harf va bitta tutuq belgisi bölişi nazarda tutilgan.
Loyihada davlat hujjatlari, pasport va ID-kartalar, ta'lim darsliklari, bank tizimi, elektron platformalar, mahsulot qadoqlari va köça yozuvlarini yangi alifboga moslaştiriş belgilangan. Avval rasmiylaştirilgan hujjatlar esa öz yuridik kuçini saqlab qoladi.
Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari uchun yangi talablar muhim. Loyihaga muvofiq, Qonun kuçga kirganidan keyin OAV materiallari yangi alifboda tayyorlanişi közda tutilmoqda. Bu esa tahririyatlardan texnik va taşkiliy tayyorgarlikni talab qiladi.
Şu bois xususiy va mustaqil media sub'ektlarini ham e'tibordan çetda qoldirmaslik zarur. Ular uçun bepul imlo qöllanmalari, matnlarni avtomatik ögirish dasturlari, klaviatura va şriftlar hamda öquv kurslarini taşkil etiş maqsadga muvofiq.
Yana bir muhim yönaliş özbek tilini raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt tizimlariga moslaştiriş Loyihada elektron platformalar, mobil ilovalar va sun'iy intellekt xizmatlarini yangi alifboga moslaştirish çoralari ham nazarda tutilgan.
Albatta, alifboni takomillaştiriş va özbek tilining nufuzini oşiriş muhim. Biroq islohot muvaffaqiyati uning amalda qançalik qulay va samarali joriy etilishiga boğliq.
Eng muhimi, bu jarayon aholi uçun ortiqça sarsongarçilik, tadbirkorlar uçun asossiz xarajatlar, jurnalistlar va tahririyatlar uçun qo'şimcha tösiqlarga aylanmasligi kerak.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.