Yuklanmoqda...
Ferganamedia.uz 2024-yil 26-sentabrda Prezident administratsiyasi huzuridagi AOKA tomonidan elektron ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Guvohnoma raqami: 414738. Tashkilotchi: «Fergana Media Press» MCHJ.

TANIQLI JURNALISTLAR, ADIBLAR VA IJODKORLAR BIR DAVRADA JAM BO'LDI. USTOZ XOTIRASIGA EHTIROM, IJODIY AN'ANALARGA SADOQAT!

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan taniqli jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar, ustoz ijodkorlar, soha faxriylari, jamoatchilik vakillari hamda marhum ijodkorning yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari Xurshidjon Ahmedov viloyat hokimining telekanal ijodiy jamoasiga yo'llagan tabrigini o'qib eshittirdi.
USTOZ MUXAMADJON OBIDOV LAVHASI Ўзбекистонда хизмат кўрсатган журналист
Tohirjon Hamroqulovning ibratli hayot yo'li, sermazmun ijodiy faoliyati va ezgu ishlarini yod etib, telekanal jamoasiga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Anjumanda O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Oripov, O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboev, Bag'dod tumani hokimi Maqsadjon Isaqov va boshqalar so'zga chiqib, ustoz ijodkorning o'z kasbiga sadoqati, fotojurnalistika rivojiga qo'shgan munosib hissasi, el-yurt orasida qozongan hurmat-e'tibori hamda xalqimiz manfaati yo'lida amalga oshirgan ezgu ishlari haqida to'xtaldilar.

Tohirjon Hamroqulov nafaqat mohir jurnalist, balki o'zidan keyingi avlod ijodkorlari uchun katta maktab yaratgan fidoyi ustoz sifatida hamisha yodda qoladi.

Uning hayoti va ijodiy faoliyatida haqiqatga sadoqat, kasbga mas'uliyat va xalq dardiga hamohanglik ustuvor o'rin tutgan.

Ayniqsa, fotojurnalistika orqali tarix muhrlangan lahzalar, insonlar taqdiri va davr nafasi aks ettirilgani alohida e'tirofga loyiq.
Tadbir davomida ustozning hayot yo'li, ijodiy merosi va hamkasblari xotirasida qoldirgan samimiy izlari haqida iliq fikrlar bildirildi.
Shuningdek, «Vodiy TV» telekanalining o'ttiz yillik faoliyati, bosib o'tgan yo'li va hudud media maktabi rivojidagi o'rni alohida ta'kidlandi.

Bunday uchrashuvlar nafaqat o'tmishni yod etish, balki yosh avlodga kasb mas'uliyati, ijodiy sadoqat va ustozlarga hurmat tuyg'ularini singdirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Muallif
Shuhratjon EsanovIzohlar yo'q.